Company

“EKG ServisXolding” YoAJ – ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish va yetkazib berish bilan shug’ullanuvchi ixtisoslashgan kompaniyadir. KGE 5 va KGE 8 ekskavatorlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Shuningdek mazkur texnikani ta’mirlash, tuzatish va montaj va demontaj qilish bilan shug’ullanadi. Chelyabinskdagi tayyor mahsulotlar omborimiz doimo yangilab boriladi va taxminan 300 turni o’z ichiga oladi.

Saytimizda Siz nomi bo’yicha (masalan: KGE-5А, KGE-5 kovshi, KGE-5 dastasi, halqasimon rels, KGE-5А vtulkasi, dasta reykasi va b.) yoki raqami bo’yicha (masalan: val 1080.33.51, 1080.34.01, 1080.33.10, 1080.33.51 b.) o’zingizni qiziqtirgan ekskavatorlar ehtiyot qismlarini topishingiz mumkin. Shuningdek Siz bir vaqtda ham nomi bo’yicha ham raqami bo’yicha izlashingiz mumkin: g’ildirakchali aylanma 1085.35.00sb, burilish reduktori 1080.16.00sb, yurish reduktori 1080.28.00sb. Bu izlashning eng qulay usullaridan biridir.

“EKGServisXolding” YoAJ bozorda 6 yillik faoliyati davomida Rossiya va MDHning 250 dan ortiq korxonalari va tijorat tashkilotlari bilan hamkorlik munosabatlarini o’rnatdi. Kompaniya buyurtmachilar bergan vazifalarni tezlikda hal etishi, shuningdek narxlar bo’yicha qulay takliflar va qulay to’lash shartlari bilan ajralib turadi. Yetkazib berilgan mahsulot sifatiga “EKGServisXolding” YoAJ bergan kafolati 90 kunni tashkil etadi. Yillik shartnomalar uchun narxlar o’zgarmaydi. Transportning istalgan turi orqali yetkazib beriladi. Doimiy avtomobil yo’nalishlari: Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Orsk, Novokuznetsk, Irkutsk, Krasnoyarsk.